Osiyo kubogi. Azmun Eronga guruh bosqichida yordam bera olmasligi mumkin

Eron terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichini Sardor Azmunsiz o‘tkazish ehtimoli yuqori. Bu haqida "TasnimNews"nashri jurnalisti Hatam Shiralizadeh ma’lum qilmoqda. 

Manbaning tak’idlashicha, "Roma" bilan tuzilgan shartnomada futbolchining Osiyo kubogi vaqtida rimliklar safida qolish bandi bor va agarda klub uni qo‘yib yubormasa, Azmun ushbu turnirga kela olmaydi. 

"Roma"ni oldinda A Seriya doirasida "Atalanta", "Milan" va "Verona" klublariga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Mazkur uchrashuvlarda Sardor "bo‘rilar"ga yordam berishni istamoqda.

Azmun endigina zaxiradan bo‘lsada, "Roma" tarkibida maydonga tushishni boshladi. Hozirgacha hujumchi 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
02/01/2024 02:14
Эронни навбатдаги хийласи.