Osiyo o‘yinlari: Abdumalik Halakovning yarim final jangi yakunlandi

  • 4 oktabr, 2023, 16:43
  • 0
  • Boks

Osiyo o‘yinlarining boks bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan so‘ngi vakilimiz Abdumalik Xalakov yarim final jangida ringga ko‘tarildi. -57 kg vaznda harakat qilayotgan bokschimiz Xitoy vakili Ping Lyuga qarshi jang qildi.

Butun jang mobaynida katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz xaqli tarzda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va final yo‘llanmasi barobarida Parij Olimpiadasiga ham litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Endi, u finalda Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun tailandlik Rudjokran Juntrong va yaponiyalik Shuday Xarada g‘olibi bilan bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!