Osiyo o‘yinlari: Bahodir Jalolovdan nokaut. U Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qildi!

  • 3 oktabr, 2023, 18:24
  • 1
  • Boks

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarini boks bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan so‘ngi bokschimiz Bahodir Jalolov yarim final bahsida xitoylik Danabayk Baykuziga qarshi ringga ko‘tarildi.

Kutilganidek, Jalolov ushbu jangda yaqqol ustunligini namoyish etgan holda, 1-raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratdi. Quvonarlisi, ushbu g‘alaba orqali yurtdoshimiz finalga yo‘l olishi bilan birga Parij Olimpiadasiga ham yo‘llanmani naqd qildi. Endi u Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun azaliy raqibi qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkabaevga qarshi jang qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
03/10/2023 18:45
Балли Баходир!Олга Узбекистон!