Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov chorak final jangini o‘tkazdi

  • 3 oktabr, 2023, 13:00
  • 0
  • Boks

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari qizg‘in tus olmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan, nomdor bokschimiz Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi jang ham o‘z yakuniga etdi. Yurtdoshimiz chorak finalda pokistonlik Zoxaib Rashid bilan to‘qnash keldi.

Kutilganidek jang hamyurtimizning katta ustunligida o‘tdi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Endi Do‘smatov yarim final bahsida yaponiyalik jahon chempioni Tomoya Tsuboiga qarshi jang qiladi.

Oldinda bizni Abdumalik Halakov hamda Bahodir Jalolvning janglari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!