Osiyo o‘yinlari. Ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

  • 1 oktabr, 2023, 18:38
  • 0
  • Futbol

Osiyo o‘yinlari chorak finalidan o‘rin olgan ikki bahs o‘z nihoyasiga etdi. Unda Gong Kong Eronni taslim qilgan bo‘lsa, Yaponiya Shimoliy Koreya ustidan g‘alaba qozondi. 

Eron - Gong Kong bahsidagi yagona gol 47-daqiqada Kan Lam tomonidan kiritildi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalar ishg‘ol qilinmadi va turnir mezbonlari yarim finalga yo‘l oldi. 

Yaponiya - Shimoliy Koreya uchrashuvining 50-daqiqasida Kotaro hisobni ochgan bo‘lsa, Bom Kim imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 80-daqiqada Yuta Matsumura g‘alaba golini urdi. 

Shu tariqa, Osiyo o‘yinlaring yarim final bosqichida Gong Kong va Yaponiya terma jamoalari to‘qnash keladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!