Osiyo o‘yinlari: To‘rabek Xabibullaev ishtirokidagi super jang yakunlandi

  • 4 oktabr, 2023, 12:21
  • 1
  • Boks

Osiyo o‘yinlarining boks bahslari hal qiluvchi pallaga kirib kelmoqda, bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi vakilimiz ishtirokidagi jang ham yakuniga etdi. Unda -80 kg vazn toifasidagi vakilimiz To‘rabek Xabibullaev xitoylik Tanglaytan To‘xtarbekga qarshi jang qildi.

Juda shiddatli kechgan jangda yurtdoshimiz ajoyib tarzda harakat qildi. Juda chiroyli jang o‘tkazdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, turnirning eng yorqin janglaridan biri bo‘ldi. 1g‘raundda raqibiga imkoniyat qoldirmagan yurtdoshimiz, 2-raundda ham yaxshi harakat qilgandi. Biroq, yakunda hakamlar 4:1 hisobida g‘alabani Xitoy vakiliga berishdi. Shu tariqa yosh iste’dod egasi ilk urinishida bronza medali bilan cheklandi. 

Oldinda bizni Abdumalik Xalakov ishtirokidagi jang kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
04/10/2023 13:24
Хафа булма Турабек келажак олдинда