Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

9 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Ushbu muhim siyosiy tadbir nafaqat yurtimizda, balki dunyo jamoatchiligida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli ayni kunlarda mamlakatimizga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan ko‘plab kuzatuvchilar tashrif buyurmoqda.

Jumladan, bugun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid yurtimizga keldi. Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev kutib oldi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikaparalimsi Prezidenti saylovi jarayonlarini kuzatib borish, Toshkent-2025 yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik hamda mamlakat para sportchilarining joriy yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Para Osiyo o‘yinlariga hozirligini o‘rganishdan iborat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!