Osiyoning 40 ta mamlakati sportchilari Toshkentda bellashadi

O‘zbekistonda ilk bor 27-30 aprel kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘rtasida engil atletika bo‘yicha beshinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada Osiyoning 40 mamlakati, jumladan, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Malayziya, Tailand, Filippin va boshqa sport delegatsiyalari ishtirok etishadi.

Chempionat doirasida Osiyoning 40 davlatidan 524 nafar sportchi uch kun ichida 40 yo‘nalish bo‘yicha o‘z chiqishlarini amalga oshirishadi.
Musobaqa dasturidan qisqa va o‘rta masofalarga yugurish, estafeta, sakrash, disk uloqtirish, nayza va yadro uloqtirish qizlar o‘rtasida ettikurash va boshqalar o‘rin olgan.

Ushbu nufuzli sport tadbiri Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi, Osiyo mamlakatlari engil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!