Otabek Shukurovning sobiq jamoasi "Barsa" futbolchisini xarid qilmoqchi

  • 5 sentabr, 2022, 20:04
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich BAA klubidan taklif oldi. 32 yoshli bosniyalik futbolchiga "Sharja" klubi da’vogarlik qilmoqda, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub unga uch yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Agar Pyanich bu taklifni qabul qilsa, u holda "Barselona" futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Boisi, Miralem kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandesning rejalariga kiritilmagan.

Pyanich o‘tgan mavsumni "Beshiktosh"da ijarada o‘tkazgan. U turk klubi safida 26 o‘yinda maydonga tushib, 4 golga assistentlik qilgan. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi.

Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz a’zosi Otabek Shukurov so‘nggi bir necha yillar davomida "Sharja" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!