O‘z qit’alarida chempion bo‘lgan Argentina va Italiya o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilishi mumkin

  • 12 iyul, 2021, 18:14
  • 1
  • Futbol

O‘tgan dam olish kunlari Italiya va Argentina o‘z qit’alarida g‘alaba qozonib, Evropa va Amerika chempioniga aylandi.

Ole nashri tarqatgan xabariga ko‘ra, UEFA va KONMEBOL ushbu chempion jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu o‘yin eng yaxshi jamoalar o‘rtasidagi norasmiy qit’alararo duel bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Italiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil etish taqvimda bo‘sh sanalar yo‘qligi sababli muammoga aylanishi mumkin.

2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unga qadar esa terma jamoalar saralash bahslarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya finalda mezbon Angliyani, Argentina esa mezbon Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rais Buva
12/07/2021 22:03
Argentina uradi