O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi!

  • 16 oktabr, 2023, 12:54
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, kuni kecha Tailand davlatining Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Kongressda kun tartibi bo‘yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022-yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.

Eng quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofoti topshirildi. Ushbu mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babaev qabul qilib oldi.

Barchangizni ushbu e’tirof bilan tabriklaymiz.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!