O‘zbekiston Eron bilan jangovar durang qayd etdi

  • 13 may, 2022, 19:56
  • 0
  • Futbol

CAFA U-16 chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.

Vakillarimiz safida Zikrillo Muhtorov va Amirbek Saidov gollarga mualliflik qildi. Raqiblar tarkibida Gandi Pur hamda Mahan Digehsara o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, hamyurtlarimiz CAFA U-16 chempionatidagi ilk o‘yinda 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi bahs ertaga Afg‘oniston o‘smirlariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!