O‘zbekiston MOQning 2022 yilgi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Kecha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida Qo‘mitaning 2022-yilgi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov mavzu yuzasidan hisobot berib, Qo‘mitaning yaqin rejalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Oybek Omilovich dastavval, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan "Pekin-2022" XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari, "Vladivostok-2022" Osiyo bolalari o‘yinlari, "Konya-2021" Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki, unda sportchilarimiz qayd etgan natijalar xususida gapirdi. Shundan so‘ng, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda terma jamoalarning Osiyo va jahon chempionatlaridagi ishtirokini ta’minlash, Prezidentimiz ilgari surayotgan sog‘lom turmush tarzi va Olimpizmning ezgu g‘oyalari targ‘ibotini yanada kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!