O‘zbekiston MTJ Meksikaga qarshi o‘yindagi durang bilan FIFA reytingiga ta’sir o‘tkaza oladimi?

  • 13 sentabr, 2023, 15:41
  • 0
  • Futbol

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari orqali FIFA reytingidagi o‘z reytingiga ta’sir o‘tkaza oldimi yoki yo‘q? degan savolga javob berdi. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Meksikaga qarshi o‘yindagi durangi FIFA reytingiga qanday ta’sir qiladi? Biz nihoyat Ummonni quvib o‘tamizmi?

Javob: yo‘q, Ummon esa sentabr oyidagi FIFA reytingida O‘zbekistondan oldinda bo‘ladi.

FIFA kunlarining sentyabr natijalari:

O‘zbekiston (1327,58 ball edi)
O‘tkazilgan o‘yinlar:
AQSh 0-3 (-2,09 ball)
Meksika 3-3 (+2,86)
Jami: 1328,35 ball

Ummon (1332,45 ball edi)
O‘tkazilgan o‘yinlar:
Falastin 2:1 (+4,06)
AQSh 0-4 (-2.14)
Jami: 1334,37 ball

Ya’ni, Ummon Falastin ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga hattoki peshqadamlikni biroz oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!