O‘zbekiston MTJ Shimoliy Amerika chempioni bilan durang o‘ynagan bahsni stadiondan qancha muxlis tomosha qildi?

  • 13 sentabr, 2023, 17:16
  • 0
  • Futbol

Meksika va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi 3:3 hisobi bilan o‘z nihoyasiga etdi. 

Dastlab, 18-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Raul Ximenes imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida esa Azizbek Turg‘unboev vatandoshlarimizni olinga olib chiqdi. Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida meksikaliklar 2 ta gol urdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov super goli bilan jamoani qutqarib qoldi.

Bellashuvdan so‘ng Atlanta shahridagi "Mercedes-Benz" stadioniga qancha muxlis kirgani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, vakillarimizning o‘yinini tomosha qilish uchun o‘yingohga 33 ming 817 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!