O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Qolganlarchi?

  • 14 may, 2023, 20:15
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.

Finalga chiqqan hamyurtlarimiz o‘z chiqishlarini yakunladi. Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Xalokov (-57 kg), Ruslan Abdullaev (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) oltinga ega chiqdi. Oybek Jo‘raev (-54 kg), Saidjamshid Jafarov (-71 kg) kumush medal bilan kifoyalandi. Yarim finallarda imkoniyatni boy bergan A’loxon Abdullaev (-75 kg) hamda Lazizbek Mullojonov (-92 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Vakillarimizdan so‘ng umumjamoa hisobida Qozog‘iston (4 ta oltin, 1 ta kumush) ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka esa Rossiya (2 ta oltin, 4 ta bronza) yakun yasadi. Shuningdek, Kuba va Frantsiya terma jamoalari ham Toshkentni oltin medal bilan tark etadigan bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!