O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqadagi ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi

  • 10 may, 2019, 17:14
  • 0
  • Futbol
Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning Tailandda bo‘lib o‘tadigan "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik. 
 
Musobaqaning birinchi o‘yinida vakillarimiz Tailand terma jamoasidan 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Ikkinchi o‘yinni Ummonga qarshi o‘tkazgan terma jamoamiz 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Akmal Hazratqulov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov va Javlon Anorov mualliflik qilishdi.
 
Ertaga terma jamoamiz Livanga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!