O‘zbekiston U-20 terma jamoamizning yana bir futbolchisi legionerga aylandi! (Foto)

  • 16 avgust, 2023, 20:47
  • 1
  • Futbol

"Bunyodkor" klubi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov legionerga aylandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘rozov Turkiya Birinchi ligasining "Eyupspor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoaga turkiyalik mashhur sobiq futbolchi Arda Turan murabbiylik qiladi. 

Ayni vaqtda klub Turkiyaning nufuz jihatidan ikkinchi pog‘onada turuvchi ligasida ilk turni g‘alaba bilan boshlagan.

o‘rozov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Maxmudjon Mutalipov
16/08/2023 21:00
Assalomu alaykum sport .uz degan ilova bor edi-yu yangi tilfonmga tortolmayabman shunga oʻxshash boshqa ilova bormi