O‘zbekistonda to‘p tepgan okeanorti vakillari

  • 22 fevral, 2020, 19:27
  • 4
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasining 2020 yilgi mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Klublarimiz bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolashdi. Shu qatorda, yangi legioner futbolchilar jamoalarimiz tarkibiga qo‘shildi. Bugun, shu kungacha yurtimizda faoliyat olib borgan Amerika qit’asi vakillariga to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu qit’adagi qaysi mamlakatdan eng ko‘p futbolchi O‘zbekistonda o‘ynaganini bilasizmi?
Albatta, Braziliya!

0,,15566696-EX,00

5 karra jahon chempionlari yurtidan 12 nafar futbolchi o‘zbek klublarida to‘p surgan. Ularning teng yarmi, ya’ni 6 tasi "Bunyodkor" a’zosi bo‘lgan. "Oltin to‘p" sohibi, 2002 yilgi jahon chempioni va bir qator sovrinlar egasi Rivaldo 2008-2010 yillarda toshkentliklar sharafini himoya qilganini hech kim esidan chiqarmasa kerak! Bundan tashqari, Luizao (2008-2009), Joao Viktor (2009-2010), Edson Ramos (2009-2010), Leomar Rodriges (2009) va Denilson (2010) "qaldirg‘ochlar" safida “qanot qoqqan”.

ozbekistan-in-gol-krali-rivaldo-1806569_o

O‘zbekistonga birinchi kelgan braziliyalik esa Anderson Karlos Fabianodir. U 1998 yili "Paxtakor"da o‘ynagan. "Sherlar" jamoasida 2001 yili Fabio Pinto va 2017-2018 yillarda Tiago Bezerra to‘p tepgan.

7522953

Ushbu mamlakat fuqarolari orasida yurtimizda eng uzoq muddat bo‘lgan futbolchi Everton Kavalkantedir. U "Lokomotiv" (2006-2008), "Dinamo-Samarqand" (2009) va "Xorazm" (2009-2010) klublari a’zosi bo‘lgan.

IE834YA3H8hLZqrRGNh031aT29C47V

2018 yili "temiryo‘lchilar" safida Nivaldo o‘ynagan edi, 2019 yildan e’tiboran esa "Surxon" safida ham braziliyalik futbolchilar paydo bo‘ldi. Ammo, Lukas Oliveyra va Duglas surxondaryoliklarda bir mavsum o‘ynadi xolos!

e1f99dc824708bc57e3a72ae3e06e6ea

Yangi mavsumda, katta ehtimol bilan braziliyalik Elivelto "So‘g‘diyona" safida maydonga tushadi.

s-l400

Chilidan kelgan Xose Luis Villanueva "Bunyodkor" safida 2008-2009 yillari to‘purarlik mahoratini namoyish etib bergandi. U o‘zi o‘ynagan o‘yinlarning deyarli barchasida gol ura olardi. Ushbu forvardni hamon muxlislar katta xurmat bilan yodga olishadi.

4361813090_735167a8f2

Ha, mamlakatimizga Kanadadan ham futbolchi tashrif buyurgan va u hozir ham shu erda! "Buxoro" futbolchisi Milovan Kapor o‘tgan mavsumdan buyon jamoa bilan birga va 2020 yilgi chempionatda ham buxoroliklar sharafini himoya qiladi.

256497

O‘zbekistonga nafaqat Kanada, balki AQShdan ham futbolchi kelgan. 2016-2017 yillari Olmaliqning AGMK klubida Grem Smit faoliyat olib borgan. Aslida AQSh va Kanada fuqarolarini Osiyoga olib kelish juda qiyin! Shunga qaramay, AGMK va "Buxoro" Kapor va Smitni yurtimizga olib kelishga erishgan.

O‘tgan yili "Qizilqum" klubi nikaragualik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Ariagner Smit Medina o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ishqibozlarning olqishlariga sababchi bo‘ldi va ikkinchi davrani "Lokomotiv" klubida o‘tkazadigan bo‘lgandi. Afsuski, toshkentliklarda asosiy vaqtini zahirada o‘tkazdi va yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon noma’lum bo‘lib turipti.

6301563952748

O‘z vaqtida "Manchester Yunayted" klubining muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Duayt Yorkning yurti Trinidad va Tobagodan kelgan futbolchi 2020 yilgi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qiladi. Baland bo‘yli Jon Lesleon himoyachi hisoblanadi. U 2016 yili terma jamoa safida 2 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
22/02/2020 21:37
Denilson, Luisao, Villanueva, Edson Ramos va RIVALDO juda bir boshqacha futbolchilar edi
Azizbek Odilov
22/02/2020 21:23
Автор молодец. Креатив тма. Босинг, яна хар хил темаларда кутамиз.
&
Asqar Xan
22/02/2020 19:52
Barchasi o'ziga xos o'yinchlar qoylqolish kerak superligamizga Qoldan kelgancha shuncha xarakat qilgani uchun!!!
Islom Esanov
22/02/2020 22:11
Surxonda oldin ham 2 nafar Brazilyalik o`yinchilar bo`lgan bitasi 17 raqamda o`ynardi ikkinchisini 5 raqamda