O‘zbekistonda yana bir sport federatsiyasi ish boshladi

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ot sporti turlaridan biri bo‘lmish “Tentpegging” sportini ham rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlarni va harbiy xizmatchilarni ushbu sport turiga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston “Tentpegging” federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

O‘zbekiston “Tentpegging” federatsiyasining raisi Milliy gvardiya huzuridagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N.Ibragimov va federatsiya raisining o‘rinbosari lavozimiga esa Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i Q.Azizovlar saylanishdi.

“Tentpegging” sport turi Osiyo va Evropa davlatlarida juda ommabop bo‘lib, ayniqsa harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Tentpegging” sport turi bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havolaga o‘tish tavsiya qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!