O‘zbekistonlik Bogdan Guskov jang qilgan “UFC Fight Night 236” turniri natijalari bilan tanishing!

  • 11 fevral, 09:12
  • 0
  • MMA

AQShning Las-Vegas shahri “UFC Fight Night 236” turniriga mezbonlik qildi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu turnirda o‘zbekistonlik Bogdan Guskov ham oktagonga ko‘tarildi. U AQSh vakili Zak Pauga bilan bahs yuritdi. Quvonarlisi, yurtdoshimiz 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, UFCdagi g‘alabali odimini boshlab oldi. Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. 
Quyida, to‘liq “Fayt-kard” bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy kard:

Jek Xermansson (Shvetsiya, 24-8) — Jozef Payfer (AQSh,12-3) - hakamlarning yakdil qarori bilan (48–47, 48–47,48–47) Xermansson g‘alaba qozondi.  


Den Ige (AQSh, 18-7) — Andre Fili (AQSh, 23-11) - Ige 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.

Igor Poterya (Ukraina, 20-5) — Robert Brychek (Polsha,17-6) - Poterya (30–27, 30–27, 29–28) hisobida g‘alaba qozondi. 

Gregori Rodriges (Braziliya,15-5) — Bred Tavares (AQSh,20-9)- Rodriges 3-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi. 

Maykl Djonson (AQSh, 22-19) — Darrius Flauers (AQSh,12-7-1) - Jonson ochkolarga ko‘ra (30–27, 30–27, 30–27) g‘alaba qozondi. 

Armen Petrosyan (Armaniston,9-3) — Rodolfu Vieyra (Braziliya, 10-2) - Vieyra 1-raundda og‘ritish uslubi bilan zafar quchdi. 

Prelim kard:

Trevin Jayls (AQSh,16-6) — Karlos Prates (Braziliya,18-6) - Prates 2-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Tima Kuambu (AQSh, 8-3) — Boladji Oki (Belgiya,9-1) - Oki ochkolarga ko‘ra (28–29, 29–28, 29–28) zafar quchdi.

Bruna Brazil (Braziliya,9-4-1) — Loma Lokbonmi (Tailand,9-3) - Lokboni ochkolarga ko‘ra (29–28, 29–28, 29–28) g‘olib chiqdi.

Devin Klark (AQSh,14-9) — Marchin Praxnio (Polsha,17-7) - Praxino hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra(30–27, 30–27, 30–27) hisobida g‘alaba qozondi. 

Maks Griffin (AQSh,20-10) — Jeremayya Uells (AQSh,12-4-1) - Griffin hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra, (29–28, 28–29, 29–28) g‘alaba qozondi.

Bogdan Guskov (O‘zbekiston,15-3) — Zak Pauga (AQSh,6-3) - Guskov 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi. 

Ferni Garsiya (AQSh,10-5) — Xayder Emil (AQSh,10-0) -Emil 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Daniel Markos (Peru,15-0) — Tsilen Aori (Xitoy, 25-11) - Taqiqlangan zarba tufayli, ushbu jang bo‘lmadi, deya hisoblandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!