O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatida qancha miqdorda pul mukofotiga ega bo‘lganini bilasizmi?

  • 14 may, 2023, 19:22
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkazilmoqda.

Finalga chiqqan hamyurtlarimiz o‘z chiqishlarini yakunladi. Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Xalokov (-57 kg), Ruslan Abdullaev (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) oltinga ega chiqdi. Oybek Jo‘raev (-54 kg), Saidjamshid Jafarov (-71 kg) kumush medal bilan kifoyalandi. Yarim finallarda imkoniyatni boy bergan A’loxon Abdullaev (-75 kg) hamda Lazizbek Mullojonov (-92 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritdi. 

IBA rasmiy saytida sovrindorlarga mukofot pullari ajratilgani ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra oltin medalga 200 AQSh ming dollar, kumush medalga 100 ming AQSh dollar va bronza medaliga 50 ming AQSh dollar pul beriladi. 

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, hamyurtlarimiz jami 1 300 000 AQSh dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.

abdumalik-19

Sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar:

Oltin medal olganlar (200 ming AQSh dollar mukofot)

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev

+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal olganlar (100 ming AQSh dollar mukofot)

-54 kg: Oybek Jo‘raev

-71 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza medal olganlar (50 ming AQSh dollar mukofot)

-75 kg: A’loxon Abdullaev

-92 kg Lazizbek Mullojonov

*Shuningdek, chorak finalchilar imkoniyatni boy bergan bokschilarga ham 3000 AQSh dollardan pul berildi. Bu sportchilarni rag‘batlantirish maqsadida ilk bor joriy qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!