O‘zbekistonlik instruktor Jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan AQSh - Ekvador uchrashuvida ishlaydi

  • 7 iyun, 2019, 09:02
  • 0
  • Futbol
Ayni kunlarda Polshada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. 
 
Mazkur musobaqalarda hamyurtimiz FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ham ish olib borayotganini ma’lum qilib o‘tgandik.
 
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha hamyurtimiz 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh hamda Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hakam nazoratchisi sifatida ish olib boradi. 
 
U-20 JCh, 1/4 final
AQSh - Ekvador
Bosh hakam: Bastian Benua (Frantsiya)
Yon hakamlar: Hishom Zakrani, Frederik Xaket (Frantsiya)
To‘rtinchi hakam: Abduqodir Zituni (taiti)
Hakam nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O‘zbekiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!