O‘zbekistonlik "Kichik Tayson" Menni Pakyao jamoasi vakili bilan jang qiladi

  • 28 fevral, 2020, 13:58
  • 0
  • Boks

Xabar berib o‘tganimizdek ertaga, Kambodja mamlakatida uch nafar professional bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, Abdurasul Ismoilov (7-1-0-4KO) filippinlik Adones Aguelo (33-20-2-23 KO)ga, Ravshanbek Shermatov (4-1-0-1 KO) ham filippinlik Melmark Dignos (9-4-0-1 KO) bilan va nihoyat "Kichik Tayson" nomi bilan tanilib borayotgan Olimjon Nazarov (21-5-0-12 KO) ham yana bir Filippin vakili Orlie Silvestri (15-5-2-8 KO) ga qarshi ringga ko‘tariladi. Har uch bokschimizning murabbiyi Bobur Najmiddinovning ma’lum qilishicha, Silvestri mashhur Menni Pakyao jamoasidan hisoblanib, "Pekmen"ning Filippindagi murabbiyi qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘rishini ta’kidlab o‘tish zarur.
Mazkur jang kechasi avvalidan an’anaviy tarzdagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yurtdoshlarimiz belgilangan vazn me’yorini bajara olishdi.

Eslatib o‘tamiz: Har uch o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promoterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilishadi.

Bez nazvaniya (1)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!