O‘zbekistonlik mutaxassis BAAdagi seminarda instruktorlik qilmoqda

  • 11 yanvar, 2021, 10:05
  • 0
  • Futbol

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi tomonidan (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlarni tayyorlash bo‘yicha nazariy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborli jihati, mazkur seminarga o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev yo‘riqchilik qilmoqda. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, hamyurtimizga Saudiya Arabistonidan Ali Al-Traifi va shveytsariyalik mutaxassis Manuel Navvaro ko‘maklashmoqda.

Amaliy mashg‘ulotlar BAA FA maydonida hamda teoriya darslari esa Intercontinental Dubai Festival City mehmonxonasida 66 nafar hakam uchun tashkil etilyapti.

110121 (1)

110121 (3)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!