O‘zbekistonliklar Eronni "bosib oldi"

Kecha Eron chempionati 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chempionlik uchun kurashayotgan Tehronning ikki klubi ham bu safar  g‘alaba qozondi. 
Dastlab, "Nassaji Mozandaron" - "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Oston O‘runov jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Hamyurtimiz 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada super reyd uyushtirib, yana bir golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, "qizillar" o‘z ochkolari sonini 56 taga etkazib oldi. 


Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Istiqlol" o‘z maydonida "Zobaxan"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, Aliyari hisobni ochgan bo‘lsa, Masharipov imkoniyatlarni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda esa Blanko jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, "Istiqlol" ochkolari sonini 57 taga etkazib, yana peshqadamga aylandi.
O‘zbekistonlik futbolchilar 26-turning ramiziy jamoasiga kiritlidi. O‘runov turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning harakatlari 8 ballga baholandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
15/05/2024 12:01
Сарлавхангга хуямлар мен уруш бошландими деб уйлабман