O‘zbekistonning AQShga qarshi o‘yinini gonduraslik hakam boshqarib boradi!

  • 29 avgust, 2023, 13:25
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston va AQSh milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni gonduraslik hakam boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Sentyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoamiz AQShda yig‘in o‘tkazgan holda mezbon AQSh va Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishidan xabaringiz bor. 9 sentyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida gonduraslik Nelson Salgado boshqarib boradi. Unga qanotlarda Limanuel Sola va Jairo Morales (Puerto-Riko) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Melvin Matamorosga (Gonduras) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!