Pakyaoning keyingi raqibi aniq bo‘ldi

  • 2 aprel, 2019, 15:07
  • 0
  • Boks

O‘rta og‘ir vazn toifasida WBA Regular titili sohibi Menni Pakyao o‘zining kelgusi jangini WBA Super chempioni Kit Turmanga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Fox Sports jurnalisti Mayk Koppindjer xabar bermoqda. Tomonlar 13 iyul kuni AQShda jang o‘tkazish borasida muzokara o‘tkazmoqda. 

Ma’lumot uchun, Turman o‘zining so‘nggi jangini joriy yilning yanvar oyida o‘tkazgan va Xosesito Lopesni mag‘lub etgan edi. Pakyao esa so‘nggi bor Edrien Bronerni ochkolar hisobi bo‘yicha enggan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!