Para kamondan otish terma jamoamiz Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Joriy yilning 15-21 iyul kunlari Chexiyaning Plzen shahrida para kamondan otish bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Bugun para kamondan otish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Chexiyaga yo‘l oldi. Aytish kerakki, para kamondan otish sport turi mamlakatimizda yangi rivojlanib borayotgan istiqbolli sport turlaridan biri hisoblanadi va bu jahon chempionati sportchilarimiz uchun dastlabkisidir.

Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etishi rejalashtirilgan:

Ubaydullo Imomqulov

Jamshid Yusupov

Abduvahob Qirg‘izboev

Oydinoy Mansurova

Shohidaxon To‘raeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!