Paralimpiya. Dubaydan xushxabarlar kelishi davom etadi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para engil atletika bo‘yicha an’anaviy Fazza Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, musobaqaning navbatdagi kunida ham matonatli para sportchilarimiz sovrindorlar safidan joy olishdi.

Uzunlikka sakrash T36 (erkaklar)
Izzat Turg‘unov –oltin

Yadro uloqtirish F12 (ayollar)
Safiya Burxanova – kumush

Nayza uloqtirish F41 (erkaklar)
Boburjon Isomiddinov – bronza

200 m. yugurish T11 (ayollar)
Asila Mirzayorova – bronza

Qayd etish lozimki, T36 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Izzat Turg‘unov 5.69 metr natija qayd etib, 2022 yilda o‘zi o‘rnatgan Osiyo rekordini yangiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!