Paralimpiya. Fazza Gran-prisini 5 ta medal bilan boshladik

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para engil atletika bo‘yicha an’anaviy Fazza Gran-pri turniri start oldi.

Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqaning ilk kunida 5 nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi.

Yadro uloqtirish F54 (ayollar)

Nurxon Qurbonova – oltin

Uzunlikka sakrash T13 (erkaklar)

Doniyor Axmedov – oltin

100 m. yugurish T11 (ayollar)

Asila Mirzayorova – bronza 

Yadro uloqtirish F57 (erkaklar)

Yorqinbek Odilov – kumush 

400 m. yugurish T36 (erkaklar)

Izzat Turg‘unov – kumush

Shuni qayd etish lozimki, aksariyat sportchilarimiz ushbu musobaqada o‘zlarini yangi yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazishmoqda va yuqori natijalar qayd etishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!