Paralimpiya oilasi seni kutmoqda

Jismoniy imkoniyati cheklanganu, ammo iqtidori, intilishi bor yigit- qizlarni saralash, ularni Paralimpiya sport turlariga yo‘naltirishda ilk qadam vazifasini o‘tovchi "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihasi asosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari davom etmokda.

Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi Namangan shaxrida tashkil etildi. Unda shaharning 58 ta mahallasidan jami 150 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar Paralimpiya sport turlari buyicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Tadbir yakunida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Namangan shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshkarmasi tomonidan rag‘batlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!