Paralimpiya. Para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi

Bugun para engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, 400 nafarga yaqin para atltet qatnashgan ushbu mamlakat birinchiligida ilk bor xorijiy davlat vakillari ham o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Jumladan, Qozog‘iston para engil atletika terma jamoasining eng nomdor sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal va maxsus diplom bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!