Parijda FIFAning 69-kongressi ish boshladi

  • 5 iyun, 2019, 13:07
  • 0
  • Futbol
Kongressda tashkilotga a’zo  211ta mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashmoqda.
 
Kongress davomida bir qator masalalar muhokama qilinadi. Jumladan, FIFAning o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilinib, moliyaviy masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, auditorlarning kongressga hisoboti tinglanadi. Bo‘lajak rejalar ko‘rib chiqilib, musobaqalarga tayyorgarlik holati tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
 
Mazkur kongress 7 iyun kuni Parijda boshlanadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan tashkil etilayotgani uchun ayollar futboli masalalari ham kongress davomida ko‘rib chiqiladi. Ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar bo‘yicha kelgusi rejalar tuziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!