Paulino "Barselona"ga qaytishga tayyor

  • 24 iyun, 2021, 21:11
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Paulino “Barselona”ga qaytishga tayyorligini bildirdi.

“Men “Barselona”ni juda yaxshi bilaman. Ushbu klubda ajoyib davrni boshdan kechirdim, biz La Liga va Ispaniya kubogini yutdik. Agar yana bir imkoniyat bo‘lsa, bajonidil jamoaga qaytaman. "Barselona" sizga qo‘ng‘iroq qilganda pul yoki shartnoma muddati muammo bo‘lmaydi. Men buni "Guanchjou"ni ancha past maosh evaziga bo‘lsa ham tark etganimda isbotlaganman” , - dedi Paulino.

Paulino 2017-2019 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan.

32 yoshli futbolchi ayni damda Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!