"Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi oldidan statistik raqamlar

“Paxtakor” bu turda o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Chempionatlar doirasida jamoalar 54 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 46 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 141 gol urib, o‘z darvozasidan 39 to‘p olib chiqqan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 25 tasida “Sherlar” ustun kelishgan. 2 uchrashuvda durang kuzatilgan. “Paxtakor” uydagi bahslarda "Metallurg"ga umuman mag‘lub bo‘lmagan. Oxirgi 16 o‘yinning barchasida "Paxtakor" ushbu raqibdan ustun kelgan. So‘nggi marta Bekobod jamoasi 2016 yilgi mavsumda o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "Sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirishgan. “Sherlar”ning yirik g‘alabalari soni jami 17 tani tashkil qiladi.

Bellashuvni diskvalifikatsiya tufayli Sardor Sobirxo‘jaev o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Metallurg" o‘rtasidagi uchrashuv 7 may, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!