Petra Kvitova Nyu-Yorkda qoqildi

  • 7 sentabr, 2020, 09:33
  • 0
  • Tennis

Chexiyalik Petra Kvitova AQSh ochiq chempionatining to‘rtinchi davrasida o‘z ishtirokini yakunlashiga majbur bo‘ldi.

Mazkur bosqichda Petra mezbonlar vakilasi Shelbi Rojersga kutilmaganda 6:7, 6:3, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Rojers "US Open"ning navbatdagi bosqichida yaponiyalik Naomi Osaka yoki estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!