PFL 23 mart kuni yana bir musobaqaga qur’a tashlanishini e’lon qildi

  • 20 mart, 2022, 15:15
  • 0
  • Futbol

2022 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga klublarining 19 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalari U-19 chempionatida ishtirok etishadi.

Musobaqa xuddi o‘tgan mavsumda U-18 chempionatida bo‘lgani kabi Superliga va Pro liga klublarining U-19 jamoalari uchun umumiy tarzda tashkil etiladi hamda bundan buyon 19 yoshlilar toifasida o‘tkazib boriladi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida bir-biriga qarshi o‘zaro bir martadan maydonga tushadi. Chempionatning uy-safar o‘yinlari Berger tizimiga ko‘ra tashlangan qur’a orqali aniqlanadi.

U-19 chempionatining 1-tur uchrashuvlari 5 aprel sanasidan start olishini inobatga olib, O‘zPFL 23 mart kuni mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi. Qur’a soat 16:00 da start oladi va O‘zPFLning Telegram va Youtube kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Manba: PFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!