Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailanddagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning 9-11 may kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
 
Mazkur turnirda terma jamoamiz Ummon, Livan va Tailand terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 
 
Quyida o‘yinlar taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
 
9 may
Ummon - Livan
Tailand - O‘zbekiston
 
10 may
O‘zbekiston - Ummon
Livan - Tailand
 
11 may
Livan - O‘zbekiston
Tailand - Ummon
 
c223ed952b5a87bb0bff9e38641c4a2774e9582c
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!