Pogba: Eng qadrli narsamni urib ketishdi, lekin...

  • 23 mart, 2022, 12:32
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba Chempionlar ligasi doirasida “Atletiko”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida uyini o‘margan o‘g‘rilar nimalarni olib ketgani haqida ma’lumot berdi.

- O‘zim yaxshiman. Oilam ham. Chempionlar ligasi o‘yinidan uyga qaytayotganimda o‘g‘rilik sodir bo‘lgani haqida xabar topdim. Uch kishi uyga kiri, seyfimni o‘marib ketibdi.

Unda onamning taqinchoqlari, meni jahon chempionatidagi oltin medalim bor edi. Meni qo‘rqitgani – ikki farzandim enagasi bilan uyda edi… Enagaam bir necha kun shokda yurdi. Eng muhimi, farzandlarimning sog‘-omonligi, - dedi Pogba.

Frantsiyalik yarim himoyachining “Manchester Yunayted” bilan hamkorligi mavsum oxirida tugaydi. Ayrim kuzatuvchilar ro‘y bergan voqea futbolchining jamoada qolmasligiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!