Poytaxtimiz professional boks janglariga mezbonlik qiladi

  • 24 yanvar, 2018, 19:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

28 yanvar kuni Toshkent shahrida professional boks bo‘yicha janglar kechasi bo‘lib o‘tadi. Janglar Taekvondo WTF federatsiyasi arenasida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Tecno

Mazkur qarama-qarshiliklarda o‘zbekistonlik bokschilardan tashqari Koreya, Vetnam,Rossiya, Qirg‘iziston kabi davlatdan kuchli charm qo‘lqop ustalari ishtirok etadi. Kechaning markaziy jangi hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov (16-1-0, KO10) ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uning raqibi oshkor qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni O‘zbekiston mehmonxonasi majlislar zalida musobaqa oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!