Pragada avgust oyi boshida grunt qoplamali turnirga start beriladi

  • 29 iyun, 2020, 16:49
  • 0
  • Tennis

Chexiya poytaxti Pragada 10 avgustdan WTA turkumiga kiruvchi grunt qoplamali turniriga start beriladi. Unda tribunalarga muxlislarning tashrifiga ruxsat beriladi. Biletlar iyul oyidayoq sotuvga chiqariladi.

Tashkilotchilarning ta’kidlanishicha, bu yangi musobaqa aprelda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingan turnirning ekvivalenti hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, ayollar o‘rtasidagi musobaqalar Palermoda 3 avgustdan davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!