PSJ bir “qarg‘a” uchun 115 million evro to‘laydigan bo‘ldi

PSJ rahbariyati “Nyukasl” etakchisi Bruno Gimaraynshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va bu transfer uchun “qarg‘alar”ga 115 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda Sport.es sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildiryapti va uni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rmoqchi.

“Nyukasl” Brunoni 2022 yilning yozida “Lion”dan transfer qilgan edi va bir necha grand klublar chorlayotgan o‘yinchini qo‘yib yuborishni istamayapti.

26 yoshli futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 85 million evroga baholanmoqda. Parij klubi xo‘jayinlari bu transferni katta summa evaziga uddalamoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!