PSJ sig‘dirmagan Donnarummaga qudratli klub xaridor

  • 27 sentabr, 2021, 20:02
  • 0
  • Futbol

“Milan” bilan shartnomasi tugaganidan keyin PSJ futbolchisiga aylangan Janluiji Donnarumma yozda yana o‘z yurtiga  qaytishi mumkin.

Parijga kelganidan keyin Evropa chempionatining eng kuchli futbolchisi kutilmagan muammoga duch keldi. Argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettino Lionel Messi va Neymar boshchiligidagi janubiy amerikalik o‘yinchilar bosimi ostida darvozadagi joyni ummonortidan kelgan Keylor Navasga beryapti.

Italiyalik darvozabon esa mahorat bobida raqobatchasidan kam emasligini isbotlagan taqdirda ham zaxirada o‘tiribdi. Bu vaziyatdan “Yuventus” foydalanib qolmoqchi. Janluiji Buffondan keyin mahoratli posbon topa olmayotgan turinliklar Donnarummani Italiyaga qaytarishga qaror qildi.

“Yuventus” bu transferni yozda amalga oshirishni rejalashtirmyapti. Donnarumma ham uni yaxshi qabul qilmagan PSJdan ketish istagini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!