Puli yo‘q jamoalar Villianni talashmoqda

  • 28 may, 2020, 07:55
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" va "Tottenxem" hamshaharlari hisoblangan "Chelsi" vingeri Villianni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar”da ham, “shporlar”da ham yozgi transferlarda futbolchi sotib olish uchun etarli mablag‘ mavjud emas. Shu bois ular mavsumlar oralig‘ida erkin agentga aylanadigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rishadi.

31 yoshli Villian joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!