Pyotr Segrt: "O‘ylaymanki, Qatar termasi ham bizni jiddiy raqib sifatida qabul qiladi"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pyotr Segrt Osiyo chempionati guruh bosqichi 2-turida Qatar termasiga qarshi kechadigan bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, shogirdlari ochko olish uchun maydonga tushishlarini alohida ta’kidlab o‘tarkan, jumladan shunday dedi:

- Ertaga bizni o‘ta murakkab - Osiyoning amaldagi chempioni Qatar termasiga qarshi bahs kutib turibdi. Uni esa deyarli butun stadion qo‘llab-quvvatlaydi. O‘z-o‘zidan Qatar termasi Xitoydan kuchli. Bu raqibni hurmat qilamiz, lekin shu bilan birga undan ochko tortib olishga astoydil harakat qilamiz.

Albatta, Qatar xalqi milliy termasiga xayrixoh va uni zo‘r berib quvvatlaydi. O‘z o‘rnida mahalliy aholi bizni mehmonnavozlik bilan kutib oldi va buni alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Ammo ertaga 90 daqiqa davomida buni esdan chiqarishga to‘g‘ri keladi. Negaki, har bir termaning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi bor.

Turnir mezboniga qarshi bahsda sensatsiyasi ko‘tarishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, 3 yo 1 ochko tortib olish oson bo‘lmaydi. Biroq Xitoy termasiga qarshi kechgan uchrashuv oldidan har bir o‘yinda oxirigacha kurashish niyatida ekanligimizni bejiz ta’kidlab o‘tmagandim. Darhaqiqat, men uchun eng muhimi - ertaga qanday o‘yin namoyish etishimiz. O‘z futbolimizni namoyish etishga harakat qilamiz. O‘z navbatida o‘ylaymanki, Qatar termasi ham bizni jiddiy raqib sifatida qabul qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!