Qilichbozlik. Jahon kubogining jamoaviy bahslari hamyurtlarimiz uchun omadli o‘tdi

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, San-Xoseda (Kosta-Rika) shpagachi qizlarimiz barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Tehronda (Eron) yigitlarimiz, Almati (Qozog‘iston) shahrida esa sablyachi qizlarimiz finalgacha etib bordilar. Biroq hal qiluvchi bellashuvda ularga ozgina omad etishmadi va ushbu jamoalarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.

Shpaga, qizlar (Kosta-Rika)

1-O‘zbekiston
2-Kolumbiya
3-Puerto-Riko

Sablya, yigitlar (Eron)

1-Koreya Respublikasi
2-O‘zbekiston
3-Turkiya 

Sablya, qizlar (Qozog‘iston)

1-Turkiya
2-O‘zbekiston
3-Qozog‘iston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!