Qilichbozlik. Poytaxtimiz mezbonligida o‘tgan jahon kubogi yakunlandi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogi bahslari yakunlandi. Xabar berganimizdek, unda qizlar rapira, yigitlar shpaga qurolida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Afsuski, ushbu kun hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarila olmadilar. Shpagachi yigitlarimiz chorak finalda Qozog‘istonga 29:45, rapirachi qizlarimiz esa ushbu bosqichda Moldovaga 44:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Shpaga, yigitlar:
1-o‘rin Misr 
2-o‘rin Estoniya 
3-o‘rin Qozog‘iston 

Rapira, qizlar:
1-o‘rin Ruminiya
2-o‘rin Turkiya 
3-o‘rin Qozog‘iston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!