Qilichbozlik. Sablyachi qizlarimiz Jahon kubogida sakkizlikdan joy olishdi

Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogining kattalar o‘rtasida navbatdagi bosqichi yakunlandi. Unda hamyurtlarimiz sablya va shpaga qurolida o‘tgan bahslarda ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qayd etish joiz, Jazoirda o‘tgan bellashuvlarda sablyachi qizlarimiz nisbatan yuqori natija ko‘rsatishdi. Jamoaviy dasturda dastlab Bolgariya 45:43, so‘ng AQSh termasi 45:41 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratildi. Chorak finalda koreyalik qilichbozlar 45:33 hisobida ustun kelishdi va jamoaviy musobaqani sakkizinchi pog‘onada yakunladik. Yakkalik bellashuvlarida esa Zaynab Dayibekova hamda Paola Pliego dastlabki saralash bosqichidan o‘tib, 1/64 final bosqichida ishtiroklarini tugatishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi shpaga bahslariga Shveysariyaning Bern shahri mezbonlik qildi. Jamoaviy dasturda birinchi bosqichdayoq Germaniya bilan duch kelgan yigitlarimiz 23-natijani qayd etishdi. Afsuski, yakkalik bahslari hamyurtlarimiz uchun omadsiz yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!