Qilichbozlik. Terma jamoamiz uchun shiddatli mavsum boshlanmoqda

Yangi yilning ilk kunlaridan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 2 yanvar kunidan sablya bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoasi “Yangiobod” Respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasida shug‘ullanmoqda. 12yanvarga qadar davom etadigan yig‘in 13-15-yanvar kunlari Tunisda o‘tadigan Gran-pri tayyorgarligiga qaratilgan. Yigitlarimiz esa 20-22 yanvar kunlariga belgilangan Perudagi yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogiga hozirlanishmoqda.

Shuningdek, bugun rapira va shpaga bo‘yicha yoshlar jamoalarimiz Evropa safariga jo‘nab ketishdi. Har ikki qurolda jang qiladigan sportchilarimiz Italiyaning Udine shahridagi Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Shundan so‘ng rapirachilarimiz navbatdagi musobaqada ishtirok etish uchun bo‘lajak Olimpiadaga mezbonlik qiladigan Parij shahriga yo‘l olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!